TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Andijon shahridagi ko'p qavatli uylarning birida yong'in sodir bo'ldi
Joriy yilning 15 iyun kuni ertalab Andijon shahridagi 1-kichik daha "Yoyilma” MFY joylashgan to'rt qavatli 1-uyning tom qismida yong'in sodir bo'ldi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Andijon viloyat IIB ma'lumotiga ko'ra, mazkur yong'inda halok bo'lgan va jarohatlanganlar yo'q. Aholining uylariga yong'in tutashmagan.
Yong'in haqidagi xabar Favqullodda vaziyatlar boshqarmasi Yong'in xavfsizligi bo'yicha navbatchilik qismiga soat 09:10 da kelib tushgan va zudlik bilan hodisa joyiga jami 12 ta, 10 ta asosiy va 2 ta maxsus yong'in o'chirish avtomobillari jalb etilgan. Birinchi mashina hodisa joyiga 09:17 da yetib borgan. O't o'chiruvchilar tomonidan qurshovga olingan yong'in soat 09:55 da butunlay bartaraf etilgan.