U haqiqatan o'zbekistonlik 24 yoshli yigit. Suriyada uni Abu Rafiq deb chaqirishadi. U Idlibda dunyoda faoliyati taqiqlangan jangarilar otryadiga yetakchilik qiladi. Bu otryad Suriya hukumat armiyasi hamda Rossiya qo'shinlariga qarshi kurash olib boradi. Abu Rafiq O'zbekistonda tug'ilib o'sgan, harbiy desant qo'shinlari safida harbiy xizmatni o'tagan. Hozir u yetakchilik qilayotgan otryad islomiy kuchlar homiyligiga olingan.
Abu Rafiq «Europe Eye on Radicalization» nashri muxbiriga bergan intervyusida Rossiya razvedkasi 2015 yildan beri uni ta'qib qilishini aytib o'tdi. Ularning qo'liga tushmaslik uchun bir necha marta o'z o'limini sun'iy tarzda tashkil etishga majbur bo'lgan ekan.
Oxirgi shunday harakat o'tgan haftada bo'lib o'tgan. To'liq ismi-sharifini Abu Salmon al-Belarusiy etib o'zgartirgan Abu Rafiq go'yo aviatsiya zarbalari ostida qolibdi. Albatta uni tanigan-bilganlar bu gapga ishonmaydi. 2017 yili esa Idlibdagi uyini Rossiya samolyotlari yer bilan yakson qilib ketibdi. Uni halok bo'lgan deya e'lon qilishibdi.
O'zbekistonlik terrorchi Abu Rafiqning otryadi 50 nafar O'rta Osiyo va Shimoliy Kavkazdan kelib qo'shilgan jangarilardan iborat. Otryad dunyoda faoliyati taqiqlangan «Hayot Tahrir ash-Sham» va «IShID» jangarilar guruhiga xizmat ko'rsatadi. Aleppo, Idlib va Latakiyada bo'lib o'tgan janglarda ishtirok etgan.
Hozir Idlibda havo juda issiq. «Syria al N» nashri xabariga ko'ra, Suriya armiyasi uch hafta ichida 1257 jangarini yer tishlatdi. Ularning 400 tasi xorijlik yollanma jangarilardir. Shu sababli Abu Rafiq o'z otryadini Shimoliy Kavkaz, Myanma yoki Sinszyanga tashlamoqchi. Asosiysi, pul to'lashsa bo'ldi emish.
Astag'firillo!!! Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|