TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Amerikaning Montana shtatida ikki boshli buzoqcha dunyoga keldi…
— Men qoramollarni har kungidek bir-bir ko'zdan o'tkazardim, — deydi fermer Xizer German. — Bir mahal podadan ajralib qolgan sigirga ko'zim tushdi. Borib qarasam, yonida yangi tug'ilgan ikki boshli buzoqcha yotibdi. Bunaqasi mening faoliyatimda hech qachon bo'lmagan. To'g'ri, suratlarda ko'rganman. Ammo tirigini birinchi marta ko'rib turishim…
Buzoqchani dunyoga keltirgan sigirning ahvoli juda yaxshi. Lekin ikkita bosh bilan tug'ilgan buzoqchasi olamdan o'tdi…
2018 yili Braziliyaning Goyas shtatidagi fermalardan birida ham ikki boshli buzoqcha dunyo yuzini ko'rgan. Ikki boshdagi ikkala og'iz ham juda yaxshi ishlayotgandi. Afsuski, u ham tez orada o'lim topgan. Mutaxassislarning aytishiga qaraganda, bu taxlit mutatsiya bilan tug'ilgan jonzotlar haqiqatan uzoq umr ko'ra olmaydi. Undaylarning milliontadan bittasigina uzoq muddat yashab qolishi mumkin. Shunda ham xudo xohlasa.