Bu Amerikadagi Merilend universiteti olimlarining izlanish natijalaridir.
O'zingiz o'ylang, biz hozir ham bir narsani orzulaymiz. Orzulaymizki, bir kiyim bo'lsa-yu, yozda ham, qish-kuz-bahorda ham kiyilsa. Yozda issiqdan asrasa, qishda sovuq qahridan himoya etsa. Bahor va kuz oylarida yomg'irli lahzalardan saqlasa.
Olimlar xuddi shu orzularimizni haqiqatga aylantirishdi. Ular tarkibi uglerod nanotrubkalari bilan boyitilgan mato turini yaratishdi. Shu matodan kiyim tikilsa, u qishda sovuqni, yozda issiqni o'tkazmaydi. Har bir tabiiy hodisaga moslasha oladi. Bu ham mayli. U urf o'zgarishiga qarab tusini, rangini, hajmini o'zgartirish xususiyatiga ega. Siz to'y yoki azaga otlansangiz, alohida tugmachalar yordamida shu marosimga kiyimingizni moslashtira olasiz. Bir so'z bilan aytganda, bir marta kiyim sotib olasiz-u, qishin-yozin o'shani yechmaysiz. Mana buni kelajak kiyimi, kelajak matosi deb atasa yarashadi.
Olimlarning aytishicha, yaqin yillarda ayni shu matodan tikilgan ko'ylaklar sotuvga chiqariladi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|