Seshanba, 31.12.2024, 00:33
www.24soat.com
Hush kelibsiz Гость | RSS

Sayt menyusi
Turkumlar
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 [2214]
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ [1691]
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ [507]
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [1160]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [695]
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / БЎЛГАН ВОКЭАЛАР / BO'LGAN VOQAEALAR
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [37]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / СЕВГИ ХАКИДА ХИКОЯЛАР
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР [695]
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР [414]
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР / ФОЙДА / ТАБОБАТ ОЛАМИ
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [23]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК [25]
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК / ТАОМЛАР / ОВКАТ ТАЁРЛАШ / ОВКАТЛАР / СИРЛАРИ / УСУЛЛАРИ / ХОРИЖИЙ ОВКАТЛАР
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR [383]
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR / ISLOM HAQIDA / HADISLAR / SAHIY HADISLAR / ISLOMIY HIKOYALAR / ISLOM TARIXI
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ [9]
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ / НАМОЗ УКИШ ХАКИДА / НАМОЗЛАР / ВАКТЛАР
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX [101]
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ [33]
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ / 18+ / +18 / 18 / КАТТАЛАР УЧУН МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ МАСЛАХАТЛАР / КОВУШИШ СИРЛАРИ / ДОКТОР Д / МАСЛАХАТЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ [484]
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР [33]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / TURK KINOLARI UZBEK TILIDA / KARA SEVDA UZBEK TILIDA / ТУРКЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ [14]
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ [69]
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ / ХИНДЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА [2]
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ [8]
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ / МУНАЖИМЛАР
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР [76]
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР ПРОГРАММАЛАР УЗБЕКЧА УЙИНЛАР
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР [0]
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР / НОКИА ЖАВА УЙИНЛАР / НОКИА САМСУНГ СОНИЙ ЖАВА УЙИН ПРОГРАММА ДАСТУРЛАР
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [275]
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО / ЖИНОЯТЛАР / ЎЛДИРДИ / СУЙИБ ТАШЛАДИ / ОСИБ КУЙДИ / ЖИНОЯТ СОДИР ЭТИЛДИ
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR [17]
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA [15]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA / O'ZBEK QO'SHIQCHILARI HAQIDA
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР [28]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР
Sizga savol
Bizning saytga baho bering
Всего ответов: 10
Xisobot



Jami saytda: 5
Mehmon: 5
Ishtrokchilar: 0
Главная / Bosh sahifa » 2019 » Iyun » 19 » Amerika buyukligi davom etadi…mi?

14:18
Amerika buyukligi davom etadi…mi?
AQShda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2020 yil 3 noyabrda bo'lib o'tadi. Mazkur kampaniyaga Demokratlar partiyasidan 20 dan ortiq nomzod qo'shilgan. Respublikachilar vakili, amaldagi Prezident Donald Tramp ikkinchi muddatga AQSh prezidentligi uchun kurashga kirishdi. Bu haqda u Floridada tarafdorlari oldida qilgan chiqishi chog'ida rasman e'lon qildi. Uning aytishicha, 2,5 yil davomida Oq uy ma'muriyati amalga oshirgan ishlarni shu paytgacha hech kim uddalay olmagan. Shu sababli u amerikaliklarga murojaat qilib, boshlagan ishlarini yakunlashi uchun vaqt kerakligini aytdi. Uning aytishicha, "mamlakat hozirda farovonlashmoqda va yangi cho'qqilarga erishmoqda”. U o'z so'zida AQShda butun dunyo havas qilgudek iqtisodiyot borligini aytib, bu mamlakat tarixidagi eng yaxshi holatda ekanini ta'kidlab o'tdi.
Demak, shu tariqa Donald Trampning 2020 yilgi prezident saylovlarida qayta saylanish uchun kampaniyasining rasman boshlangani e'lon qilindi. AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning fikricha, Donald Trampga ikkinchi muddat zarur. Tramp o'z so'zida siyosiy raqiblariga ham to'xtalib o'tdi. U "Mabodo korrupsiyalashgan tizimning butunlay yo'q bo'lishini xohlasangiz, u holda 2020 yil 3 noyabrida ovoz bering, ovoz bering, ovoz bering”, deya ta'kidlagan.
Donald Tramp 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida qatnashish uchun ro'yxatdan o'tishga hujjatlarini 2017 yil 20 yanvarda, inauguratsiya kuni topshirgan. O'sha paytdan uning saylov shtabi xayriya yig'ishni boshlagan. AQSh tarixida hech bir prezident o'z harakatlarini bunchalik erta boshlamagan. Eslatib o'tamiz Donald Trampning 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi "Amerikaning buyukligini qaytaraylik” (Make America Great Again) shiori ostida o'tgan edi. Uning 2020 yildagi shiori esa "Amerika buyukligini saqlab qolaylik" (Keep America Great)dir.
"Okean orti mamlakati”da 1789 yildan boshlab prezident saylovi o'tkazib kelinadi. Saylov har 4 yilda – 4 ga qoldiqsiz bo'linuvchi yillardagi noyabr oyining birinchi seshanbasida o'tkaziladi.
Ko'pchilik demak, noyabrning birinchi seshanbasida ekan-da, deyishi mumkin. Ammo bunday emas. Mabodo 1 noyabr seshanbaga to'g'ri kelib qolsa, u holda saylovlar 8 noyabrda o'tkaziladi. Eslatib o'tish kerakki, AQShda bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovida faqat ikki nomzod – "demokratik va respublikachilardan vakillar qatnashadi” degan tasavvur mutlaqo noto'g'ri. Aslida prezidentlik saylovlariga rasman o'nlab nomzodlar qo'yiladi. Biroq yozilmagan qoidalarga ko'ra, nima uchundir 2 ta partiya vakillariga ko'proq e'tibor qaratiladi.
AQShning birinchi prezidenti etib bir ovozdan Jorj Vashington saylangan. U 1792 yilda ikkinchi muddatga yakdillik bilan qayta saylandi. Shu kungacha u yuz foiz ovoz bilan saylangan AQShning yagona Prezidenti sifatida tan olinadi. Jorj Vashington AQSh tarixida partiyasiz bo'lgan ikkita prezidentning bittasidir. Uning fikricha, partiyalar o'rtasidagi kurash siyosiy hayotga salbiy ta'sir ko'rsatib, mamlakat taraqqiyotining rivojlanishga to'siq bo'ladi. Ikkinchi partiyasiz Prezident Jon Tayler (1841-1845) edi. U avvaliga vitse-prezident etib saylangan, 1841 yilda Prezident Uilyam Garrisonning vafotidan keyin davlat rahbarligini qo'lga kiritgan edi. Vitse-prezident etib saylangan vaqtda Jon Tayler viglar partiyasining a'zosi edi, biroq prezident lavozimini egallagach partiyadoshlari manfaatlariga zid siyosat yurita boshladi. Shundan so'ng partiya saflaridan chiqarildi.
Prezidentlik lavozimida Franklin Ruzvelt eng ko'p (1933-1945) 12 yil (4422 kun) faoliyat yuritgan bo'lsa, Uilyam Garrison atigi 31 kun faoliyat yuritgan. U 1841 yilda inauguratsiya marosimidan ko'p o'tmay vafot etdi.
AQSh tarixida eng yosh prezident sifatida Teodor Ruzvelt (1901-1909) tan olingan. U 42 yoshga kirganida prezidentlik lavozimiga kirishgan edi. To'g'ri, u Prezident etib to'g'ridan-to'g'ri saylanmagan. Vitse-prezident bo'lgani uchun ham 1901 yilda Prezident Uilyam Mak-Kinli o'ldirilganidan so'ng davlat rahbari sifatida faoliyat yurita boshladi. Eng yosh Prezident etib saylangan Jon Kennedi (1961-1963)dir. U 43 yoshida Prezident etib saylangan edi. Eng keksa Prezident sifatida Ronald Reygan (1981-1989) ko'riladi. U lavozimiga kirishgan vaqtda 69 yoshda edi. Ikki muddat AQShni boshqargan Ronald Reygan 78 yoshida Oq uyni tark etdi.
Bir muddatdan so'ng tanaffus bilan ikkinchi muddatga Prezident etib saylangan Stiven Klivlend 22-chi (1885-1889) va 24-chi (1893-1897) Prezident sifatida tan olinadi.
AQSh tarixida birinchi qora tanli Prezident Barak Obama (2009-2017)dir. AQShning uch nafar Prezidenti – Teodor Ruzvelt (1901-1909), Tomas Vilson (1913-1921) va Barak Obama (2009-2017) o'z faoliyati mabaynida tinchlik bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan. Shuningdek, eks-prezident Jimmi Karter (1977-1981)ga ham Nobel mukofoti berilgan.
Shu kungacha xotin-qizlar biror marta ham prezident yoki vitse-prezident lavozimlarni egallamagan. Biroq, vitse-prezidentlikka ikki marta ayollar o'z nomzodini ko'rsatgan. 1984 yilda Jeraldin Ferraro Demokratik partiyadan va 2008 yilda Sara Peylin Respublikachilar partiyasidan o'z nomzodlarini vitse-prezidentlikka ko'rsatgan edi. Prezidentlik kurashiga kirishgan birinchi ayol Xillari Klinton hisoblanadi. Demokratik partiya ichida bo'lib o'tgan 2008 yilgi ichki kurashda u Barak Obamaga mag'lub bo'ldi. 2016 yilda esa Xillari Klinton rasman prezidentlikka Demokratik partiya nomzodi bo'ldi.
Oq uy rahbarlari o'z maoshlarini xayriya maqsadlariga ham yo'naltirishgan. Jumladan, 31-prezident Gerbert Guver (1929-1933), 35-prezident Jon Kennedi (1961-1963) prezidentlikdan oladigan maoshlarini xayriya maqsadlariga sarflashgan.
Prezident lavozimi 1787 yilda qabul qilingan Konstitutsiyaga ko'ra joriy qilinib 1789 yilda kuchga kirgan. AQSh Prezidenti bir vaqtning o'zida davlat va ijroiya hokimiyat rahbari hamda Qurolli Kuchlar oliy bosh qo'mondoni hisoblandi.
AQShda tug'ilgan, kamida 14 yil mamlakat hududlarida istiqomat qilib kelayotgan va saylov vaqtida 35 yoshga kiradigan har qanday AQSh fuqarosi prezidentlikka nomzodini ko'rsatishi mumkin. Prezident 4 yil muddatga saylanadi. Bir kishi ketma-ket ikki muddatdan ziyod Prezident etib saylana olmaydi. Konstitutsiyaga ko'ra, Prezident "qonunlarni bajarilishini nazorat qiladi va Qo'shma Shtatlardagi barcha amaldorlarni tayinlaydi”. Yuqori mansabli rahbarlar (vazir va idoralar rahbarlari), shuningdek, Oliy sud a'zolari "senat roziligi va maslahati bilan” Prezident tomonidan tayinlanadi.
Prezident har yili Kongressga "Mamlakatdagi vaziyat” to'g'risida hisobot berib turadi. Prezident veto huquqiga ega. Ammo Prezident Kongressni tarqatib yubora olmaydi. Prezident tashqi siyosatni belgilab beradi. Shaxsan o'zi yoki o'z vakillari orqali xalqaro muzokaralar olib boradi va shartnomalarni imzolaydi. Xorijiy davlatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oladi hamda xorijiy davlatlarga AQSh elchilarini tayinlaydi.
Prezident harbiy sohada cheklanmagan vakolatlarga ega. U boshqa davlatlar hududlarida jangovar harakatlar boshlash borasida qurolli kuchlarga buyruq berishi mumkin. Ammo urush e'lon qilish huquqiga ega emas. Bu huquq Kongressga berilgan. Prezident qaroriga ko'ra mamlakatda favqulodda holat joriy etilishi mumkin.
AQShda "Oqsoq o'rdak” degan ibora bor. Bu ko'p hollarda vakolati yakunlanayotgan Prezidentga nisbatan ishlatiladi. Mazkur ibora amaldagi Prezidentning saylangan Prezidentga asta-sekinlik bilan vakolatlarni topshirish davriga nisbatan qo'llaniladi. To'g'ri, bu jarayonda amaldagi Prezidentning vakolatlari saqlanib qolaveradi. Biroq, uning har bir xatti-harakati jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarida boshqacha qabul qilina boshlanadi. Masalan, 2001 yilning 20 yanvarida Jorj Bushning inauguratsiya marosimiga bir necha soat qolganida hokimiyatni topshirayotgan Bill Klinton 140 nafar mahbusni avf qilish borasidagi farmonga imzo chekkan edi. Bu yerda qonun buzilishlariga yo'l qo'yilmagan bo'lishiga qaramay jamoatchilik Bill Klintonning bu qaroriga boshqacha nazar bilan qaragan edi.
Konstitutsiyaga ko'ra, "davlatga xiyonat, korrupsiya va boshqa og'ir jinoyatlar va xatti-harakatlari uchun” Prezident impichment orqali iste'foga chiqariladi. AQSh tarixida impichment ikki marta — 1868 yilda Endryu Jonson, 1998-1999 yillarda Bill Klintonga nisbatan qo'llanilgan. Ammo ularning har ikkisi ham oqlangan. O'z xohishi bilan faqat bir Prezident — Richard Nikson (1974 yilda impichment tahdidi sabab) mansabidan voz kechgan.
AQShda muddatdan ilgari prezidentlik saylovlari o'tkazilmaydi. Konstitutsiyaga ko'ra, Prezident vafot etsa, iste'foga chiqsa yoki mansabidan chetlashtirilsa u holda davlat rahbarligini avtomatik ravishda vitse-prezident egallaydi. Prezident va vitse-prezident lavozimlari bo'shab qolgudek bo'lsa, u holda Vakillar palatasining spikeri Prezident sifatida faoliyat yuritadi. Ro'yxat bo'yicha Senat raisi, vazirlar prezident lavozimini egallaydi. Bu borada birinchi o'rinda davlat kotibi turadi. 1947 yilda qabul qilingan qonunga ko'ra, Prezident lavozimini egallaydigan 18 ta amaldor tasdiqlangan.
1967 yilda Konstitutsiyaga kiritilgan 25-qo'shimchaga ko'ra, Prezident o'z vazifasini bajara olmay qolsa, u holda vitse-prezident bu vazifani bajarishga kirishadi. Buning uchun albatta Prezident bayonot berishi kerak. Bu kabi hodisa atigi uch marta kuzatilgan. 1985 yil 13 iyulda Ronald Reygan 8 soat mabaynida o'z vakolatlarini katta Jorj Bushga, 2002 yil 29 iyuni va 2007 yil 21 iyulida kichik Jorj Bush o'z vakolatlarini ikki soat Dik Cheyniga topshirgan edi.
Harakatlanish uchun Prezidentga aloqa jihozlari bilan ta'minlangan shaxsiy vertolyot va yaxta berilgan. Shaxsiy avtomobili zirhlangan. Prezidentga mamlakat ichkarisi va xalqaro yo'nalishlarda parvoz qilishi uchun ikkita maxsus jihozlangan Boeing 747 (asosiy va zaxira) samolyot ajratilgan. Bort №1ning yo'nalishi va parvoz vaqti maxfiylashtirilgan va harbiy amaliyot sifatida talqin qilinadi.
AQSh Prezidentining maoshi bir yilda 400 ming dollarni tashkil qiladi. Bundan tashqari Prezident boshqa xarajatlar uchun bir yilda 50 ming dollar olishi mumkin. Bu mablag' maoshdan farqli ravishda soliqqa tortilmaydi. Prezident va uning oilasi istiqomat qiladigan Oq uy uchun bir yilda davlat xazinasidan 4 million dollar sarflanadi. Birgina gullar uchun 250 ming dollar ajratilishi aytiladi. Oq uydan tashqari Prezidentning Merilend shtatida Kemp-Devid qarorgohi ham bor. Davlat rahbari mamlakat fuqarolaridan cheklanmagan miqdorda sovg'a olishi mumkin. Ammo xorijiy davlat rahbarlaridan olingan sovg'alar xalq mulki sifatida Milliy arxivga topshirilishi shart. Biroq, Prezident haqqini davlat byudjetiga topshirgudek bo'lsa, bu sovg'alarni o'ziga qoldirishi mumkin.
Prezidentlar vakolatlarini topshirganlaridan keyinoq ularning nomlarini abadiylashtirish boshlanadi. Davlat rahbarlarining nomlari avianoseslarga berilishi ananaga aylangan. 2006 yilning noyabr oyida 41-prezident katta Jorj Bush (1989-1993) sharafiga "Jorj Bush” avianosetsi suvga tushirildi.
AQShda yana bir yaxshi an'ana bor. U ham bo'lsa Prezident kutubxonasini tashkil qilishdir. Bu anana 1939 yildan beri amal qilib keladi. O'shanda Franklin Ruzvelt o'ziga tegishli hujjatlarni Milliy arxiv xizmatiga topshirgan edi. Jorj Vashington, Avraam Linkoln va Tomas Jefferson xotirasiga Vashington shahrida yodgorlik o'rnatilgan. Ularning nomi Teodor Ruzvelt nomi bilan birga Janubiy Dakota shtatidagi Rashmor tog'iga o'yib yozilgan. Jon Kennedi sharafiga Arlington qabristonida mangu olov yonib turibdi.
AQShda "sobiq prezident” atamasi deyarli yo'q. Ular raqamlari bilan atalishadi. AQSh Prezidenti etib saylangan kishi bu maqomni umrining oxiriga qadar saqlab qoladi. Iste'foga chiqqan AQSh Prezidentlari bir yilda 200 ming dollarga teng pensiya oladi. Sobiq Prezident singari ularning oila a'zolari ham AQSh Maxfiy xizmati tomonidan qo'riqlanadi.

Manba: 24soat.com -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
Категория: DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ | Ko'rildi: 416 | Qo'shdi: | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
avatar

Saytga kirish
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
1) Sardor Mamadaliyev - Yiqilsang
2) Dildora Niyozova - Onaginam
3) Shahzoda - Mayli
4) Shahzoda - Bir dona
5) Munisa Rizayeva va Yamin - Armon (Remake)
6) Yusufxon Nurmatov - Nima deymiz Allohning huzurida
7) Janob Rasul - Dikkir - dikkir
8) DJ Piligrim - Ты меня забудь (Piano version)
9) Dildora Niyozova - Hamdu sanolar
10) Shohruhxon - Ilk sevgim

Malumot Izlash





















YANGI KINO FILMLAR










Kalendar
«  Iyun 2019  »
DushSeshChorPayJumShanYak
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Arxiv ma'lumotlar
Do'stlar
Copyright www.24soat.com © 2024
uCoz