Qadim zamonda bir donishmandning shogirdi daryodan suv olib qaytayotsa, ot choptirib kelayotgan askar uning ko'zasini bir qamchi urib, otini sug'ora boshlabdi. Shogird bola askarning vajohatidan qo'rqib, hech nima deya olmay, kelib ustoziga bo'lgan voqeani aytib beribdi.
Shunda ustozi:
– Sen borib unga bir tosh otib kel, – deb shogirdini qaytarib yuboribdi. Bola daryo bo'yiga borishga boribdi-yu, yana askardan cho'chib, tosh otolmay qaytib kelibdi.
Ko'pni ko'rgan donishmand:
«Bor, hech bo'lmaganda achchiq so'z aytib, alamingni to'kib kel», deb yana jo'natibdi. Shogird bu safar ham yuragi dov bermay, nafasi ichiga tushib qaytibdi. Ustoz shogirdini uchinchi bor «Hech bo'lmasa u dilozorga yomon ko'z bilan qara, sal izzat-nafsing orom olsin», debdi. Shogird qo'rqa-pisa borib qarasa, haligi suvoriy yer tishlab yotgan emish. Askar hordiq chiqargani yonboshlagan payti ilon chaqib o'ldirgan ekan.
Bola ko'rganlarini ustoziga aytganida: «Bir ko'za suv uchun bitta insonning o'limiga sababchi bo'lding. Hech bo'lmaganda uni so'kib xumoring bosilganida unga nisbatan Allohning g'azabi biroz pasaygan bo'lardi. Xudo askarning gardanidagi haqqingni uning joniga qo'shib oldi»,-degan ekan. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|