1961 yilda Tunis prezidenti Habib Burqiba ishchilarga qarata qilgan nutqida, ishlab chiqarishni orttirish uchun Ramazonda og'iz ochishni, ro'za tutmaslik kerakligini aytadi va bu masalani avvalo o'zi amalda bajarib, Ramazonning kunduz kuni televideniyada sharbat ichib ko'rinish beradi. Keyin bu gapiga odamlarni ishontirish uchun fatvo qidirishga tushadi, ulamolardan ushbu masalada fatvo chiqarishlarini talab qiladi.
O'sha paytda Tunis ulamolarining zabardast ikki vakili – Shayx Abdulaziz Juayyit (1960 yilgacha Tunis bosh muftiysi bo'lganlar) hamda Zaytuna universiteti katta ustozi, Tunis bosh muftiysi Shayx Muhammad Tohir ibn Oshur rahmatullohi alayhimo Burqibaning "ro'za tutish ishlab chiqarishni kamaytirishi” haqidagi da'vosini rad etadilar, u istagan fatvoni chiqarishdan bosh tortadilar.
Keyin Shayx Muhammad Tohir ibn Oshur hazratlari efir orqali chiqish qilib, so'zlarini Alloh taoloning Baqara surasidagi "Ey iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro'za farz qilindi. Shoyadki taqvodor bo'lsangiz”, degan 183-oyatini o'qish bilan boshlaydilar va "Alloh rost aytdi va Burqiba yolg'onchi! Alloh rost aytdi va Burqiba yolg'onchi! Alloh rost aytdi va Burqiba yolg'onchi!” deb uch bor ta'kidlaydilar. Shundan so'ng Ramazonda uzrsiz og'iz ochish harom ekani, kim shu ishni qilsa, dindagi zaruratan ma'lum narsani inkor qilgan bo'lishi haqida fatvo beradilar hamda Burqibaning "Ro'za ishlab chiqarishni kamaytirishi” haqidagi da'vosini botil qiladilar.
Shayx Abdulaziz Juayyit esa "Ramazonda og'izni ochishga ruxsat beruvchi uzrlar” nomli fatvolarini taqdim etadilar. Unda Ramazon oyida og'zini ochishga Qur'on oyatiga ko'ra bemorlar, musofirlarga ruxsat berilishi, sog'lom ishchilar esa ro'za tutishlari vojib ekani, kishining charchashiga, toliqib, ishga yaramay qolishiga ro'za emas, balki kechasi kam uxlash, keragicha dam olmaslik sabab ekanini bayon qiladilar.
Shayx Muhammad Tohir ibn Oshur hamda Shayx Abdulaziz Juayyitning bu fatvolaridan keyin Tunis hukumati gung (soqov) bo'lib, mazkur da'vosidan ortga chekindi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|