![](/_nw/20/81885344.jpg)
«Xalq so'zi» muxbiri energiya resurslari tariflaridagi o'zgarishlarga oydinlik kiritish maqsadida O'zbekiston Respublikasi energetika vaziri Alisher Sultonov bilan suhbat uyushtirdi. Suhbat davomida A. Sultonov jurnalistning «Ahamiyat bergan bo'lsangiz, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim aholi qatlamlari daromadining katta qismi kommunal to'lovlarga sarflanayotgani aytilmoqda. Bunday sharoitda iste'molchilarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash masalasi qanday hal etiladi?» degan savoliga quyidagicha javob berdi.
— So'nggi ikki yilda amalga oshirilayotgan islohotlar aholining to'lov qobiliyatini oshirish, daromadini ko'paytirishga qaratilgan. Tarif islohotlari ham xalqqa yengil bo'lishi uchun eng kam ish haqini oshirish rejalashtirilgan. Ko'rasizlar, aholiga katta og'irlik bo'lmaydi.
Bu yerda ishlab chiqaruvchilar tomonidan spekulyatsiya bo'lishi ehtimoli bor. Ya'ni ayrim tadbirkorlar tarif oshdi, bu tayyorlanayotgan mahsulot tannarxiga ta'sir qiladi, deyishlari mumkin. Lekin tannarx ichida energiya resurslarining ulushi qanchaligini aniqlab olish kerak.
Narx-navo ikki barobar oshib ketadi, deydiganlar ham topilmoqda. O'zingiz ayting, tarifning ozgina o'zgarishi ishlab chiqarishga shunchalik ta'sir qiladimi? Ana shuni nazorat qilishimiz kerak. Bunda jamoatchilik nazorati, ko'magi zarur bo'ladi.
Yaqin-yaqingacha dollar kursiga qarab narxni "o'ynatish” holatlari uchrardi. Hatto pista sotuvchi ham bahosini shunga qarab ko'tarib qo'yardi. Bu noto'g'ri. Xalqimizda shakllanib qolgan bunday qarashni o'zgartirishimiz, behuda vahimaga tushmay o'zgarishlar mohiyatini to'g'ri tushunishga odatlanishimiz kerak. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|