Kecha, 10 iyul Jinoyat ishlari bo'yicha Samarqand viloyati sudi binosida viloyatdagi sudlarning 2019 yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati bo'yicha o'tkazilgan brifingda ma'lum qilinishicha, xalq orasida "Umarboy” nomi bilan tanilgan "tadbirkor” Olim Rajabov va uning sheriklari ustidan sud ishi bugungi kunda Jinoyat ishlari bo'yicha Samarqand shahar sudi tomonidan ko'rib chiqilmoqda. Bu haqda O'zA nashri xabar tarqatdi.
Jinoyat ishlari bo'yicha viloyat sudi raisining o'rinbosari O'tkir Mamadaliyevning bildirishicha, Olim Rajabov va uning sheriklari O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi tegishli bandlariga ko'ra, uyushgan guruh a'zolari bilan oldindan jinoiy til biriktirib, uyushgan guruh manfaatlarini ko'zlab, takroran aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan 188 nafar jabrlanuvchilarning jami 44 milliard 647 million 929,4 ming so'mlik, shu jumladan, 726 ming 850 dollarlik pul mablag'larini firibgarlik yo'li bilan talon taroj qilishda ayblanmoqda.
Shuningdek, Jinoyat Kodeksining yana bir qancha modda va bandlariga binoan «Umarboy» 29 milliard 830 million 649,3 ming so'mlik pul mablag'larini jamiyatga xizmat ko'rsatuvchi bank muassasalariga topshirmasdan, kirim qilmasdan savdo va xizmat ko'rsatish qoidalarini juda ko'p bor buzishda, muayyan majburiyatdan ozod etadigan, jamiyat va xaridorlar o'rtasida rasmiylashtirilgan "tovar moddiy boyliklarini topshirish, qabul qilish” dalolatnomalarini takroran qalbakilashtirishda, "tovar moddiy boyliklarini topshirish, qabul qilish” dalolatnomalari qalbaki ekanini bila turib, ulardan takroran foydalanishda, 15 milliard 978 million 31,3 ming so'mlik mol-mulklarni legallashtirishda ayblanib sudga berilgan. Mazkur jinoyat ishi hozirgi kunda sudning ish yurituvida bo'lib, navbatdagi sud majlisi 15-iyul kuni davom etadi.
Brifingda, shuningdek, viloyatdagi Jinoyat, Ma'muriy, Iqtisodiy va Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlar tomonidan 2019 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ommaviy axborot vositalari vakillariga atroflicha ma'lumot berildi.
Ma'lumot uchun, joriy yilning 20 may kuni jinoyat ishlari bo'yicha Quyichirchiq tuman sudi binosida O'zbekistonda «Ahmadboy» nomi bilan mashhur bo'lgan Ahmadjon Tursunboyev uning jinoiy sheriklari ustidan yakuniy sud hukmi e'lon qilingan edi.
Oldinroq, Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni – 16) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko'rib chiqish bo'yicha uchinchi ochiq sudida «Ahamdboy»dan jabrlanganlarga pullari qaytarib berilishi haqida ma'lum qilingan edi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|