Seshanba, 31.12.2024, 02:02
www.24soat.com
Hush kelibsiz Гость | RSS

Sayt menyusi
Turkumlar
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 [2214]
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ [1691]
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ [507]
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [1160]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [695]
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / БЎЛГАН ВОКЭАЛАР / BO'LGAN VOQAEALAR
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [37]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / СЕВГИ ХАКИДА ХИКОЯЛАР
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР [695]
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР [414]
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР / ФОЙДА / ТАБОБАТ ОЛАМИ
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [23]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК [25]
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК / ТАОМЛАР / ОВКАТ ТАЁРЛАШ / ОВКАТЛАР / СИРЛАРИ / УСУЛЛАРИ / ХОРИЖИЙ ОВКАТЛАР
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR [383]
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR / ISLOM HAQIDA / HADISLAR / SAHIY HADISLAR / ISLOMIY HIKOYALAR / ISLOM TARIXI
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ [9]
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ / НАМОЗ УКИШ ХАКИДА / НАМОЗЛАР / ВАКТЛАР
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX [101]
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ [33]
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ / 18+ / +18 / 18 / КАТТАЛАР УЧУН МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ МАСЛАХАТЛАР / КОВУШИШ СИРЛАРИ / ДОКТОР Д / МАСЛАХАТЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ [484]
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР [33]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / TURK KINOLARI UZBEK TILIDA / KARA SEVDA UZBEK TILIDA / ТУРКЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ [14]
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ [69]
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ / ХИНДЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА [2]
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ [8]
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ / МУНАЖИМЛАР
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР [76]
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР ПРОГРАММАЛАР УЗБЕКЧА УЙИНЛАР
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР [0]
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР / НОКИА ЖАВА УЙИНЛАР / НОКИА САМСУНГ СОНИЙ ЖАВА УЙИН ПРОГРАММА ДАСТУРЛАР
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [275]
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО / ЖИНОЯТЛАР / ЎЛДИРДИ / СУЙИБ ТАШЛАДИ / ОСИБ КУЙДИ / ЖИНОЯТ СОДИР ЭТИЛДИ
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR [17]
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA [15]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA / O'ZBEK QO'SHIQCHILARI HAQIDA
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР [28]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР
Sizga savol
Bizning saytga baho bering
Всего ответов: 10
Xisobot



Jami saytda: 4
Mehmon: 4
Ishtrokchilar: 0
Главная / Bosh sahifa » 2019 » Iyul » 6 » Adliya vazirligi Gulnora Karimova saqlanayotgan ayollar koloniyasida tekshiruv o'tkazdi!

07:23
Adliya vazirligi Gulnora Karimova saqlanayotgan ayollar koloniyasida tekshiruv o'tkazdi!
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli xabarlar yuzasidan Gulnora Karimova saqlanayotgan ayollar koloniyasida o'rganish o'tkazayotganini ma'lum qilgandi. O'rganish natijalari «Gazeta»da e'lon qilindi.

O'rganish davomida Gulnora Karimova kolonyaga 2019 yilning 14 mart kuni kelgani va 2-sektor 7-otryadga joylashtirilgani aniqlandi.

Vazirlikning qayd etishicha, yashash sharoitlari Jinoyat-ijroiya kodeksining 117-moddasiga mos keladi. Ushbu moddada mahkumlarning umumiy rejim koloniyalarida umumiy yashash joylarida yashashi belgilangan.

Gulnora Karimova Jinoyat-ijroiya kodeksining 9-moddasiga muvofiq, o'quv, badiiy va boshqa axborot materiallaridan foydalanish huquqidan foydalanib, koloniya kutubxonasining a'zosi hisoblanadi.

Adliya vazirligining ma'lumotiga ko'ra, Gulnora Karimova kutubxonadan olgan kitoblar ro'yxatiJinoyat-ijroiya kodeksining 78-moddasiga ko'ra mahkuma jo'natma va banderollarni olish huquqidan foydalanmoqda.

Xususan, 2,3,10 aprel kunlari Gulnora Karimova jo'natma va banderollarni qabul qilgan.

Gulnora Karimovanng hisob raqamiga 10 aprel kuni qizi tomonidan pul mablag' o'tkazilgan. Mahkuma jazoni o'tash davrida to'rt marta kolonya hududidagi do'kondan xaridni amalga oshirgan. Vazirlik xabarida aytilishicha, o'rganish vaqtida unng hisobida pul mablag'i bo'lgan.

Jinoyat-ijroiya kodeksining 76-moddasiga ko'ra O'zbekistonning Birinchi prezidentining qizi uchrashuv huquqidan foydalanmoqda. Xususan, u 12—15 aprel kunlari oila a'zolari bilan uzoq muddatga (3 kun) uchrashgan.

Gulnora Karimova ikkita qisqa muddatli uchrashuvlardan (8—10 aprel kunlari) yozma ravishda voz kechgan.

Qayd etilishicha, Gulnora Karimovaning 2 va 17 aprel kunlari shveysariyalik advokat bilan uchrashishi ta'minlangan. Ular 17 iyun kun ham uchrashgan.

«Bu esa uning barcha huquqlari va qonuniy manfaatlari ta'minlanayotganidan darak beradi», — deyiladi xabarda.

Jinoyat-ijroiya kodeksining 79-moddasiga ko'ra ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar cheklanmagan miqdorda xat va telegrammalar olishlari hamda jo'natishlari mumkin.

Gulnora Karimova jazoni ijro etish davrida 2 marta xat jo'natgan — 25 mart va 17 iyun kunlari.

Vazirlikning qayd etishicha, kerakli tibbiy yordam ko'rsatilmayotgani haqidagi gap-so'zlar haqiqatga mos kelmaydi.

2017 yilning dekabr oyida Sog'liqni saqlash vazrlgi bsoh byurosi tomonidan sud-tibbiy komission ekspertiza o'tkazilib, Gulnora Karimovada avvalroq paydo bo'lgan va surunkali xarakterga ega ayrim kasalliklar aniqlangan.

2019 yilning mart oyida koloniyaga kelgan Gulnora Karimova sog'lig'ini saqlash uchun bir necha bor malakali tibbiy yordam tashkil etilib, Sog'liqni saqlash vazirligining tajribali mutaxassislari (kardiolog, ginekolog, stomatolog, infeksionist, SBD funksional diagnostika shifokori, UTT shifokori, endokrinolog, gastroenterolog, psixiatr va boshqalar) bilan maslahatlashdi.

Shu bilan birga, sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko'ra, Gulnora Karimovada aniqlangan kasalliklar uning jazoni o'tashiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi, deya qayd etdi Adliya vazirligi.

Suhbat jarayonida Gulnora Karimovaga jismoniy, psixologik yoki ruhiy bosim o'tkazish holatlari kuzatilmagani qad etildi. Aksincha, boshqa mahkumalar uning saqlash sharoitlari yomon ekani va unga nisbatan bosim o'tkazilgani haqidagi axborotlar tarqalganidan hayratda ekanini bildirdi. Jumladan, u bilan bir sektorda istiqomat qiluvchi mahkumalar Gulnora Karimova koloniyaga joylashgan vaqtda deraza yaqinidagi o'ringa joylashish istagini bildirgani, biroq ushbu karavot boshqa mahkuma tomonidan band qilingani ta'kidladi. Shunga qaramasdan, boshqa mahkuma Gulnora Karimovaga o'z o'rnini bo'shatib bergan, deya xabar qildi Adliya vazirligi.

Ushbu davrda Gulnora Karimova salomatlagi hisobga olingan holda biror marta ham mehnat faoliyatiga jalb qilinmagan, buni mahkumalar ham, koloniya ma'muriyati ham tasdiqlamoqda.

Bevosita Gulnora Karimovaning o'zi bilan suhbat jarayonida u mahkuma sifatidagi huquqlari hech qanday to'siq yoki cheklovlardan shikoyat qilmadi. Gulnora Karimova bu mavzuda suhbatlashishni istamasligini ma'lum qilib, asosan quyidagilar bo'yicha o'z e'tirozlarini bildirgan:

Koloniyada jazoni o'tayotgan vaqtda unga yaqin bo'lgan mahkumalarni boshqa otryadlarga (sektorlarga) ko'chirilishi;
uning fikricha, jinoyat ishini tergov qilishda qonunchilik talablarining buzilishi.
Surunkali kasalligi bois Gulnora Karimovaga statsionar davolanish imkoniyati taqdim etilgan va uchrashuv vaqtida u tibbiy qismda edi.
Suhbat vaqtida mahkuma unga ko'rsatilayotgan tibbiy yordam sifati bo'yicha hech qanday e'tirozlar bildirmadi, deya tasdiqlamoqda Adliya vazirligi.

Vizual ko'rik vaqtida mahkumada tan jarohatlari aniqlanmadi.

Qaytarilmagan aktivlar

Adliya vazirligi aktivlarning qaytarilishiga oid ma'lumotlar yuzasidan ham izoh berdi.

Xabarda qayd etilishicha, Gulnora Karimovaga nisbatan tergov boshqa xorij mamlakatlarida ham davom ettirilmoqda.

«Xorijda olib borilayotgan tergov materiallari va rasmiy manbalardan ma'lumki, Gulnora Karimova va unga aloqador odamlar tomonidan Latviya, Shveysariya, Fransiya, Shvetsiya, Niderlandiya va ehtimol boshqa davlatlar hududlarida pul yuvish bo'yicha noqonuniy korrupsion sxemalar qo'llanilgan», — deyiladi vazirlik xabarida.

«Aktivlarni qaytarish bo'yicha barcha muzokaralar va tadbirlar hukumat darajasida O'zbekiston qonunchiligi va xalqaro huquqqa muvofiq olib borilmoqda. Mazkur aktivlar Gulnora Karimova (uning oila a'zolari) tasarrufida emas va ular xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan hibsga olingan», — deyiladi xabarda.

Vazirlik matbuot xizmatining ta'kidlashicha, ayni vaqtda noqoniy sotib olingan aktivlarning qolgan qismini qaytarish bo'yicha tadbirlar davom ettirilmoqda. Avvalroq uning advokati Greguar Manja Shveysariya federal jinoit sudi O'zbekiston birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimova ishi bo'yicha 555 mln dollarni O'zbekistonga qaytarishni to'xtatganini ma'lum qilgandi. Bu haqda mahkumaning qizi Iman Karimova ham xabar berdi.

Manba: 24soat.com -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
Категория: KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 | Ko'rildi: 385 | Qo'shdi: | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
avatar

Saytga kirish
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
1) Sardor Mamadaliyev - Yiqilsang
2) Dildora Niyozova - Onaginam
3) Shahzoda - Mayli
4) Shahzoda - Bir dona
5) Munisa Rizayeva va Yamin - Armon (Remake)
6) Yusufxon Nurmatov - Nima deymiz Allohning huzurida
7) Janob Rasul - Dikkir - dikkir
8) DJ Piligrim - Ты меня забудь (Piano version)
9) Dildora Niyozova - Hamdu sanolar
10) Shohruhxon - Ilk sevgim

Malumot Izlash





















YANGI KINO FILMLAR










Kalendar
Arxiv ma'lumotlar
Do'stlar
Copyright www.24soat.com © 2024
uCoz