O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 11-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Aktyor Tohir Saidov "Ilhaq” filmining suratga olish jarayonidagi suratni sahifasiga joylashtirdi.
Rossiyalik taniqli xonanda Vera Brejneva turmush o‘rtog‘i, taniqli kompozitor va prodyuser Konstantin Meladzeni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Jahongir Poziljonov "Bravo” kulgi jamoasi a’zolari bilan "Jana” qo‘shig‘iga quvnoq klip suratga oldi.
Shahlo Ahmedova "Habibi” nomli qo‘shig‘ini taqdim etish arafasida.
Aktrisalar Mashhura Zulfiqorova va Durdona Qurbonovadan kayfiyatni ko‘taruvchi videorolik.
Dilso‘z Instagram foydalanuvchilaridan negativ izohlar bilan o‘zgalarning dilini og‘ritishdan tiyilishni so‘radi.
Xonanda Lola otasining vafotidan so‘ng salkam 40 kun deganda Instagram’da ko‘rinish berdi.
Sardor Rahimxon yaxshiliklarga sababchi qilgani uchun Allohga shukronalik keltirdi.
Rejissor Jahongir Ahmedovning yozishicha, "Ilhaq” filmi uchun juda ko‘p minnatdorchilik xatlari olmoqda.
Aktrisa Bahora Arslonova turmush o‘rtog‘i bilan Sankt-Peterburg shahridagi sayohat aks etgan video bilan bo‘lishdi.
Ozarbayjon telekanalida xonanda Yulduz Turdiyeva haqidagi lavha efirga uzatildi.
Aktrisa Jamila G‘ofurova yangi serialda suratga tushdi.
Amerikalik xonanda va aktrisa Jennifer Lopes ona bo‘lish eng katta baxti ekanligini bildirdi.
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva qizi bilan bir xil obrazda namoyon bo‘ldi.
Taniqli bokschi Fazliddin G‘oyibnazarov o‘zining rasmi tushirilgan futbolka va niqobda ko‘rinish berdi.