Joriy yilning 2 may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti «O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi qonunni imzoladi.
O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi 135-moddasiga (Yo'l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo'lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) tegishli o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi.
O'zgartirishlarga ko'ra, agar yuridik shaxslarning yo'lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi transport vositalari haydovchilari o'z yonida malaka oshirishdan o'tganligi to'g'risidagi sertifikatga ega bo'lmasa, unda ular eng kam ish haqining bir baravari (223 000 so'm) miqdorida jarima to'laydilar.
Avvalroq, 2019 yilning 1 avgustidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshirilishi xabar qilingandi. O'zbekiston Respublikasi hududida eng kam ish haqi oyiga 223 000 so'mni tashkil etadi.
Bundan tashqari, 2019 yilning 1 sentyabridan eng kam ish haqi miqdori o'rniga mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori, bazaviy hisoblash miqdori va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori kiritilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi "Mehnatga haq to'lash, pensiyalar va boshqa to'lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to'g'risida”gi PF–5723-son farmoni 1-bandida:
ikkinchi xatboshidagi "577 170” raqami "634 880” raqami bilan almashtirildi;
uchinchi xatboshidagi "202 730” raqami "223 000” raqami bilan almashtirildi;
to'rtinchi xatboshidagi "202 730” raqami "223 000” raqami bilan almashtirildi.
Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori (MHEKM) lavozim maoshi, ustama, qo'shimcha pul, gonorarlar, qo'shimcha ish uchun kompensatsiya to'lovlari, oziq-ovqat, yo'l va rag'batlantiruvchi boshqa turdagi to'lovlar, ish haqini hisoblashda qo'llaniladigan chegara miqdor, qonunchilik bilan belgilangan chegirib qolish hamda ish haqi miqdoriga bog'liq bo'lgan boshqa to'lovlar aniqlash maqsadida mehnat munosabatlari sohasida qo'llaniladi.
MHEKM egalik shakli va mehnat munosabatlaridan qat'i nazar, belgilangan mehnat normalarini to'liq bajargan ishchilar mehnatiga haq to'lashning past chegarasi sifatida barcha ish beruvchilar uchun majburiy bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, hukumatning 2017 yil sentyabrdagi qarori bilan Adliya vazirligiga 2018 yil 1 iyuldan boshlab Avtotest Report MChJ sertifikatiga ega bo'lmagan, yuridik shaxslarga tegishli transport vositalarini boshqargan haydovchilar uchun ma'muriy javobgarlik joriy etish bo'yicha takliflar kiritish vazifasi yuklatilgan. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|