TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
18 yoshli talaba qiz o'z joniga qasd qilgan bo'lishi mumkin
Qozog'istonning Olmaota viloyatida bedarak yo'qolgan 18 yoshli talaba qiz Aygul Amangeldining jasadi topildi, deya xabar beradi viloyat politsiya departamenti matbuot xizmati.
Politsiya ma'lumotiga ko'ra, qizning jasadi 19 may kuni kechqurun Talgar tumanidagi Belbuloq qishlog'idagi tepalikdan topilgan.
"Qarindoshlari qizning jasadini tanidi, tanada o'limga sabab bo'lgan tashqi zo'ravonlik alomatlari yo'q. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, qiz o'z joniga qasd qilgan, — deya xabar beradi mahalliy OAV politsiyaga tayangan holda. — Sud-tibbiyot ekspertizasi o'limning aniq sababini aniqlab beradi”. "O'limga olib borish” moddasi bo'yicha tergov olib borilmoqda, deya xabar beradi politsiya.
Aygul Amangeldi 13 may kuni Talgar tumanining Belbuloq qishlog'ida joylashgan uyidan chiqib ketgan. OAV xabariga ko'ra, o'sha kuni u mahalliy oliy ta'lim dargohiga imtihon topshirish uchun Olmaota tomon yo'lga chiqqan, ammo oliy ta'lim dargohida ko'rinmagan. Bedarak ketgan qizni qidirish borasida politsiya 15 may kuni e'lon berdi. Qizning qarindoshlari va ko'ngillilar uydan to o'qishgacha bo'lgan yo'lda qidiruv ishlarini olib bordi.