Juma, 05.07.2024, 00:08
www.24soat.com
Hush kelibsiz Гость | RSS

Sayt menyusi
Turkumlar
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 [2214]
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ [1691]
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ [507]
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [1160]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [695]
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / БЎЛГАН ВОКЭАЛАР / BO'LGAN VOQAEALAR
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [37]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / СЕВГИ ХАКИДА ХИКОЯЛАР
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР [695]
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР [414]
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР / ФОЙДА / ТАБОБАТ ОЛАМИ
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [23]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК [25]
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК / ТАОМЛАР / ОВКАТ ТАЁРЛАШ / ОВКАТЛАР / СИРЛАРИ / УСУЛЛАРИ / ХОРИЖИЙ ОВКАТЛАР
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR [383]
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR / ISLOM HAQIDA / HADISLAR / SAHIY HADISLAR / ISLOMIY HIKOYALAR / ISLOM TARIXI
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ [9]
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ / НАМОЗ УКИШ ХАКИДА / НАМОЗЛАР / ВАКТЛАР
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX [101]
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ [33]
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ / 18+ / +18 / 18 / КАТТАЛАР УЧУН МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ МАСЛАХАТЛАР / КОВУШИШ СИРЛАРИ / ДОКТОР Д / МАСЛАХАТЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ [484]
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР [33]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / TURK KINOLARI UZBEK TILIDA / KARA SEVDA UZBEK TILIDA / ТУРКЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ [14]
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ [69]
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ / ХИНДЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА [2]
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ [8]
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ / МУНАЖИМЛАР
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР [76]
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР ПРОГРАММАЛАР УЗБЕКЧА УЙИНЛАР
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР [0]
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР / НОКИА ЖАВА УЙИНЛАР / НОКИА САМСУНГ СОНИЙ ЖАВА УЙИН ПРОГРАММА ДАСТУРЛАР
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [275]
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО / ЖИНОЯТЛАР / ЎЛДИРДИ / СУЙИБ ТАШЛАДИ / ОСИБ КУЙДИ / ЖИНОЯТ СОДИР ЭТИЛДИ
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR [17]
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA [15]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA / O'ZBEK QO'SHIQCHILARI HAQIDA
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР [28]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР
Sizga savol
Bizning saytga baho bering
Всего ответов: 10
Xisobot



Jami saytda: 19
Mehmon: 19
Ishtrokchilar: 0
Главная / Bosh sahifa » 2019 » Iyul » 24 » 18 245 700 so‘m to‘lashga qurbi yetmagan 99,96% haydovchilarga kim sharoit yaratadi?

07:03
18 245 700 so‘m to‘lashga qurbi yetmagan 99,96% haydovchilarga kim sharoit yaratadi?
18 iyul kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston "Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi yig‘ilishida bir qator qonun loyihalari bilan birgalikda "Haydovchi va yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratishning dolzarb masalalari va deputatlik tashabbusi” haqidagi masala ham ko‘rib chiqildi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zstandart agentligidan mas’ullar ishtirok etgan yig‘ilishda deputatlar tomonidan haydovchining sog‘lig‘i, uning quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoyalanishi hamma narsadan muhim ekanligi ta’kidlandi. Fraksiyada shu kabi bir qator masalalar ko‘tarildi.

Birinchidan, so‘nggi paytlarda haydovchilar, keng jamoatchilikda yo‘l harakati qoidalariga oid bir nechta e’tirozlar paydo bo‘lmoqda. Jumladan, "tonirovka” uchun ruxsatnoma olishning juda qimmatligi; o‘zi shundoq ham issiq va deyarli tuman kuzatilmaydigan bir sharoitda mashina faralarini kunduzi yoqib yurish talabi (keyinchalik o‘zgartirildi va muddati qoldirildi) va shu kabi masalalar shular jumlasidandir.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan mazkur normalar jamoatchilikning fikrini o‘rganmasdan, keng muhokama qilinmasdan qabul qilinishi natijasida ijtimoiy tarmoqlarda ham noroziliklarga sabab bo‘ldi. Bundan ko‘rinadiki, xalqimiz uchun qabul qilinayotgan hujjatlar xalq vakillari tomonidan qabul qilinishi lozim. Bundan tashqari Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yillik yig‘ilishida ham "qonunosti hujjatlarini qabul qilish amaliyotidan voz kechish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanadigan qonunlar qabul qilish vaqti keldi” deya ta’kidlagan edi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston "Adolat” SDP fraksiyasi vakillari qonunosti hujjatlarini ayniqsa keng aholimizga oid hujjatlarni ("Yo‘l harakati qoidalari”) faqatgina to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonunlar orqali xalq va uning vakillari tomonidan qabul qilinishi lozimligini qayd etishdi.

Ikkinchidan, "Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori ijtimoiy adolatsizlik va diskriminatsiya hisoblanadi. Sababi, transport vositalari haydovchilari, shu jumladan respublika hududiga tashrif buyuradigan turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan qarordan o‘tgan bir yil vaqt davomida faqatgina 1000 ga yaqin avtomobil egalarigina foydalandi.

Mamlakatimizda 2 500 000 dan ortiq avtomobil mavjudligini hisobga oladigan bo‘lsak, atigi 0,04 % haydovchilar bu imkoniyatdan foydalanibdi xolos. Shumi xalqimizga qulay sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan qaror natijasi va qamrov darajasi? 18 245 700 so‘mni to‘lashga qurbi yetmagan 99,96% haydovchilarga kim sharoit yaratadi?

Ushbu raqamlar va ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘plab fikr-mulohazalardan ayon bo‘ladiki, mazkur qaror ko‘zlangan maqsadga xizmat qilmadi va o‘z vazifasini bajara olmadi. Shundan kelib chiqqan holda, partiya fraksiyasi vakillari mazkur qarordagi to‘lov miqdorini aholining real daromadlaridan kelib chiqqan holda sezilarli ravishda pasaytirishni taklif etdi.

Uchinchidan, avtomobil yo‘lovchilari va ayniqsa haydovchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuvchi ultrabinafsha nurlardan himoya qilish maqsadida hamda mutlaqo bepul va barcha birdek foydalanishi uchun hukumatning 2012 yil 4 iyuldagi 191-son qaror bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentning 74-bandiga va 2015 yil 25 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining 3-ilovasi 7.4 bandida transport vositasining old, yon va orqa oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligiga belgilangan 70 foiz chegirmani 55 foizgacha tushirish taklifi tayyorlandi.

19 iyul kuni Vazirlar Mahkamasiga fraksiyada ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha takliflar yuborildi va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha 1 avgustgacha Qonunchilik palatasiga ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga muvofiq "O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida teng” ekanligini ta’minlashga hamda "qonunlar xalq va uning manfaatlarini ko‘zlab qabul qilinadi” tamoyili uchun xizmat qilishi tabiiy. 

Manba: 24soat.com -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
Категория: KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 | Ko'rildi: 357 | Qo'shdi: | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
avatar

Saytga kirish
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
1) Sardor Mamadaliyev - Yiqilsang
2) Dildora Niyozova - Onaginam
3) Shahzoda - Mayli
4) Shahzoda - Bir dona
5) Munisa Rizayeva va Yamin - Armon (Remake)
6) Yusufxon Nurmatov - Nima deymiz Allohning huzurida
7) Janob Rasul - Dikkir - dikkir
8) DJ Piligrim - Ты меня забудь (Piano version)
9) Dildora Niyozova - Hamdu sanolar
10) Shohruhxon - Ilk sevgim

Malumot Izlash





















YANGI KINO FILMLAR










Kalendar
Arxiv ma'lumotlar
Do'stlar
Copyright www.24soat.com © 2024
uCoz