TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
15 yoshli bolakay o'yin o'ynab millionerga aylandi!
Keyingi yillarda kiber o'yinlar sanoati ancha rivojlanib ketgan, hatto turli o'yinlar bo'yicha tanlovlar o'tkazilib, ularga katta pullar ajratiladi. Jumladan, yaqinda Fortnite bo'yicha Jahon kubogining finali bo'lib o'tdi.
Buyuk Britanyalik o'smir – Jeyden Eshmen o'zining jamoadoshi bo'lmish golland Deyv Djong bilan unda ikkinchi o'rinni egalladi. Mazkur jamoa ushbu o'rin uchun 2,25 million AQSh dollari miqdorida sovringa ega bo'ldi va ikkovlon uni teng bo'lib olishmoqchi.
BBC nashriga bergan intervyusida aytishicha, «Wolfiez» nikli ushbu geymer bu natijadan o'zi ham hayratda. Jeydenning so'zlariga qaraganda, Fortnite taqdim etilganidan beri uni o'ynab keladi, ammo boshqa finalistlardan farqli ravishda, unchalik mashhur emas.
O'n besh yashar sovrindor bilan onasi Liza Dollman oralarida ushbu xobbisi sababli kelishmovchiliklar ko'p bo'lgan. Shunday janjallardan birida u hatto bolaning Xbox pristavkasini derazadan uloqtirib ham yuborgan ekan. Lekin endi u Jeydenning yutug'idan quvonchini ichiga sig'dira olmayapti.