TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Kuni kecha Kaliforniyada 11 yoshli, Kayla Ramos ismli qizning qo'lida iPhone 6 yonib ketdi. Uning aytishicha, o'sha paytda smartfon orqali YouTube saytida videorolik tomosha qilayotgan ekan. Kutilmaganda undan uchqunlar sachray boshlagan va Kayla uni krovatga tashlagan. iPhone butkul yonib ketgan, krovat ustidagi adyolni kuydirib ham qo'ygan. Yaxshiyamki, egasiga hech qanday shikast yetmagan.
Kaylaning onasi ushbu masala yuzasidan «Apple» qo'llab-quvvatlash markaziga, keyin esa servis markaziga ham murojaat etgan. Kuyib ketgan iPhone 6 o'rniga unga yangisini berishgan va gadjetning yonishi sababini aniqlashga va'da berishgan.
Ayolning ta'kidlashicha, iPhone shu paytgacha ta'mirlanmagan, unga nooriginal quvvatlash kabelini ulashmagan. Shu boisdan uning yonib ketishi sababi ham noma'lum, «Apple»ning o'zi ham mazkur holat yuzasidan biror izoh bermagan. Odatda smartfonlarning kuyishi, tutashi, portlashi kabi holatlarga akkumulyatorning qizib ketishi sabab bo'ladi.