TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
100 ming so'mlikni qalbakilashtirgan yigitlar qo'lga olindi
2019 yilning 4 maydan beshinchi mayga o'tar kechasi to'rt nafar yosh yigitlar – 24 yoshli Sardor Sh., 24 yoshli Behzod T., 20 yoshli Ibrohim X. hamda 23 yoshli Humoyunbek O.lar birlashib, 100 ming so'mlik milliy valyutani soxtalashtirishga jazm etishdi. Shundan so'ng ular Chilonzor tumaniga kelib, 7 ta ana shunday kupyurani 23 yoshli Shoira A.ga berishadi. O'z navbatida Shoira A. ulardan birini taksi haydovchisi 33 yoshli Homidullo M.ga yo'l kira haqi sifatida to'laydi. "Neksiya” mashinasi haydovchisi Homidullo M. kupyuraning qalbakiligini bilib qolgach, shu zahotiyoq Toshkent shahar Ichki ishlar inspektorlariga xabar beradi.
O'tkazilgan sa'y-harakatlar natijasida jinoyatchilarning avtomobillari topilib, tintib chiqilganda 51 ta qalbaki kupyura, 25 ta A/4 qog'oz va «Canon» rangli suratlarni chiqaradigan apparat borligi aniqlandi.
Endi bu yigitlarga nisbatan jinoyat ishi ochiladi.